Bositxon Akmalxonov
"Tsul professional services" spin-off kompaniyasi direktori
TSUL Professional Services — 300 dan ortiq amaliyotchi yuristlar, ilmiy tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va soha ekspertlarini birlashtirgan professional jamoa. Biz qonunchilik va uning amaliy qo‘llanilishini chuqur bilgan holda, huquqiy masalalarga ham amaliy, ham ilmiy-analitik yondashamiz.
Faoliyatimiz davomida 200 dan ortiq mijozlarga muvaffaqiyatli yuridik yordam ko‘rsatdik. Biz biznes va tashkilotlarga murakkab huquqiy masalalarni hal qilishda hamda asoslangan strategik qarorlar qabul qilishda yordam beramiz. Asosiy maqsadimiz — professional, ishonchli va amaliyotga yo‘naltirilgan yuridik xizmatlarni taqdim etish.
Dildora Bazarova
Jinoyat-protsessual huquqi bo'yicha yurist
Jinoyat-protsessual huquqi, kriminalistika va sud ekspertizalari, notariat sohalarida yetuk mutaxassis
Otabek Narziev
Moliyaviy huquq, korporativ boshqaruv va xalqaro iqtisodiy huquq yuristi
Mediatsiya, arbitraj va biznes huquqi yo‘nalishlarida chuqur bilimga ega.
Bekzod Musaev
Korporativ, ma'muriy va fuqarolik huquqi yuristi
15 yildan ortiq huquqiy tajribaga ega yurist. 2014-yildan buyon "PRIVATE LAW PARTNERS" advokatlik firmasida yuridik xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Botirjon Kosimov
Konstitutsiyaviy huquq, qiyosiy konstitutsiyaviy huquq yuristi
2010-yildan buyon pedagogik faoliyat olib borib, oliy ta’lim tizimida boy tajriba orttirgan.
Dilbar Suyunova
Jinoyat-protsessual huquqi bo'yicha yurist
30 yildan ortiq yuridik tajribaga ega bo‘lib, shundan qariyb 20 yil sudyalik faoliyatiga to‘g‘ri keladi.
Ikrom Ergashev
Xalqaro soliq, moliya va bank huquqi yuristi
U yuridik ta'lim, davlat moliyaviy nazorati va huquqiy boshqaruv sohalarida koʻp yillik tajribaga ega.
Islombek Abdixakimov
Kiber huquqi yuristi
Tajriba va ixtisoslashuv Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) bo'lib, Toshkent davlat yuridik universitetining Sun'iy intellekt va Legal Tech laboratoriyasi boshlig'i
Muhammadamin Karimjonov
Mehnat huquqi yuristi
2015-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat yuritib, jinoyat huquqi va keyinchalik mehnat huquqi sohasiga ixtisoslashgan.
Akmal Sodikov
Huquq nazariyasi, yuridik texnika va qonunchilik tahlili bo'yicha mutaxassis
Murakkab huquqiy masalalarni sodda tushuntirishga yo‘naltirilgan loyihalar muallifi.
Jahongir Yuldashev
Fuqarolik, biznes va korporativ huquqi yuristi
Fuqarolik huquqi, biznes huquqi va korporativ huquq sohalarida ixtisoslashgan bo‘lib, sud va davlat boshqaruvi tizimida ham katta tajribaga ega.
Shavkat Nazarov
Konstitutsiyaviy huquq bo'yicha yurist
Davlat huquqi, konstitutsiyaviy huquq va davlat boshqaruvi yo‘nalishlarida ixtisoslashgan bo‘lib, sud tizimida ham tajribaga ega.
Bekzod Narimanov
Konstitutsiyaviy huquq va inson huquqlari bo'yicha yurist
Ombudsman apparatida rais o‘rinbosari sifatida inson huquqlarini himoya qilish va ularni ta’minlash yo‘nalishida faol ishlaydi.
Doniyor Imomniyozov
Shartnoma, korporativ, vorislik va mehnat huquqi yuristi
Faoliyati davomida 40 000 dan ortiq huquqiy keyslar bilan ishlagan. Turli murakkab vaziyatlarda tezkor va asosli huquqiy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha katta tajribaga ega.
Komil Hakimov
Jinoyat huquqi, kriminologiya bo'yicha mutaxassis
Pedagogik va boshqaruv faoliyatini uyg‘unlashtirib, yuridik ta’lim tizimida katta tajriba orttirgan. Tadbirkorlik huquqi sohasida ham ishlagan bo‘lib, turli yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarga ega.
Axtam Yakubov
Xalqaro xususiy, xalqaro tijorat huquqi yuristi
Advokatura, ta’lim va boshqaruv tizimida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lib, mediatsiya va xalqaro arbitraj yo‘nalishlarida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirgan.
Xurshida Abzalova
Jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi va kriminologiya bo'yicha yurist
Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo tayinlash, penitensiar tizim islohotlari hamda sun’iy intellektning huquqiy jihatlari bo‘yicha ixtisoslashgan.
Abdumumin Yuldashov
Intellektual mulk huquqi yuristi
Davlat organlari, ilmiy muassasalar va advokatura tizimida faoliyat yuritib, mualliflik huquqi, litsenziyalash va xalqaro huquqiy munosabatlar yo‘nalishlarida katta tajriba orttirgan.